«O‘ldingmi?» — Xitoyda g‘ayrioddiy ilova ommalashmoqda
«O‘ldingmi?» servisi Xitoydagi App Store pulli ilovalar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi, deb xabar berdi «Sinxua» agentligi.
Servis yakka yashovchilar uchun xavfsizlik vositasi hisoblanadi. Agar foydalanuvchi ilovada bir necha kun davomida faol bo‘lmasa, servis u elektron pochtada belgilab qo‘ygan shaxslarni xabardor qiladi. Kelgusida ilovani yanada takomillashtirish, jumladan, SMS-xabarlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Agentlik ilovaning ommalashishini nafaqat uning «sovuq nomi», balki mamlakatda yolg‘iz yashovchilar soni juda ko‘pligi bilan izohladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter