Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lutfullo Tursunov

Har bir mashaqqat ortida imkoniyat yotadi.

Onado‘lining sirli go‘shalari: Turkiyaning o‘zgacha qiyofasi bilan tanishamiz (foto)

Onado‘lining sirli go‘shalari: Turkiyaning o‘zgacha qiyofasi bilan tanishamiz (foto)

Yashilirmoq kanali bo‘ylab joylangan Amasiya shahri.

Foto: Xabar.uz

Turkiyaga sayohat deganda ko‘pchilikning xayoliga Antaliya sohillaridagi hordiq yoki, albatta, Istanbulning diqqatga sazovor manzillari, Bosfor bo‘g‘ozidagi me’moriy maskanlar keladi.

Ammo Turkiya faqat shulardan iborat emas! Bu yurtning bag‘rida uzoq qadimga borib taqaladigan boy tarix, madaniyat va tabiatning beqiyos mo‘’jizalari bor. Eng asosiysi, ana shu boyliklar bizning xalqlarimizni ham uzviy bog‘lab turadi.

«Onado‘li poytaxtlari: Qadimiy sivilizatsiyalar yo‘nalishi» deb nomlangan matbuot safarimiz davomida biz Turkiya xaritasida unchalik «ovozasi chiqmagan», ammo tarixdan jonli «gapirib bera oladigan» shaharlarga yo‘l oldik: Tokat, Amasiya va Chorum!

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan jamlangan ahil jurnalistlar guruhimizga turkiyalik tajribali gid Mustafo Yalchin hamrohlik qildi. U safar davomida qardosh yurtning ko‘p asrlik sir-sinoatlarini ochib berdi.

Besh kun davomida nimalarni ko‘rdik?

Foto: Xabar.uz
  • Istanbuldagi zamonaviy Galataport.
Foto: Xabar.uz
  • Million yillar davomida shakllangan ulkan, sirli, hayratlanarli va o‘zining davolovchi xususiyatiga ega Ballika g‘ori.
Foto: Xabar.uz
  • Muhabbat timsoliga aylangan Farhod va Shirin qabri joylashgan, sayyohlarni maftun etuvchi Amasiya.
Foto: Xabar.uz
  • 6 ming yillik sivilizatsiya timsoli — Xettlar poytaxti Xattusa shahri sirlari.
Foto: Xabar.uz
  • Vizantiya, Saljo‘qiylar, Usmoniylar izi qolgan ko‘hna qadamjolar... Va boshqa ko‘plab manzillar.

Bu yerlarda tarix xuddi tirik hikoya kabi — har bir tosh, har bir xaroba, har bir masjid o‘tmishdan so‘zlaydi.

Foto: Xabar.uz

Turkiyaning siz ko‘p ham bilmaydigan bu qiyofasi bilan tanishar ekansiz, albatta, uni sevib qolasiz.

Foto: Xabar.uz

Tafsilotlar, qiziqarli voqealar va jonli fotosuratlar — Xabar.uz saytida. Bizni kuzatishda davom eting, hali ko‘p taassurotlar oldinda!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring