Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OTMlar o‘z talabalariga moddiy yordam berishi mumkin

OTMlar o‘z talabalariga moddiy yordam berishi mumkin

Oliy ta’lim tashkilotlari o‘z talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1 yilda bir talabaga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Bu haqda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan  «Ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarda gap boradi.

Unga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

  • to‘lov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
  • to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1 martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

    Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi to‘lov muddatlarini uzaytirishi mumkin.

Kontraktdan tushgan mablag‘lar xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka o‘tashlariga sarflanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring