O‘zbekiston og‘ir atletikachilari Qatardagi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi
Xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston og‘ir atletika jamoasi bir qator vazn toifalarida medallar qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi
Qatarning Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha “10th Qatar Weightlifting Cup” xalqaro turnirida O‘zbekiston jamoasi ochkolar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada dunyoning qariyb 30 mamlakatidan kuchli atletlar ishtirok etdi. Turnir davomida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 4 ta oltin, 15 ta kumush va 5 ta bronza — jami 24 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqani muvaffaqiyatli yakunlagan sportchilar bugun Toshkent shahriga qaytib kelishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter