O‘zbekiston sanoatida qaysi hududlar yetakchi?
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 637,2 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Hududlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan — 155 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri — 109,6 trln so‘m va Toshkent viloyati — 100 trln so‘m bilan egallagan.
Shuningdek, Andijon viloyatida 54,2 trln so‘m, Samarqandda 32,7 trln so‘m, Farg‘onada 29,6 trln so‘m va Buxoroda 26,3 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Qashqadaryo viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 25,5 trln so‘mni tashkil etgan. Jizzax va Namangan viloyatlarida bu ko‘rsatkich bir xil — 20,3 trln so‘mdan.
Xorazm viloyatida 18 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 trln so‘m, Sirdaryo viloyatida 13,8 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Eng past ko‘rsatkichlar Surxondaryo viloyatida qayd etilgan — 9,6 trln so‘m. Shu tariqa, eng yuqori va eng past ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq 145,4 trln so‘mni tashkil etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter