Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda investitsiyalar hajmi qariyb 339 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda investitsiyalar hajmi qariyb 339 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 338,9 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga oshgan. Investitsiyalar tarkibida eng katta ulush xorijiy sarmoyalar va tashqi moliyalashtirish hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning eng katta qismi — 235 trln 628,2 mlrd so‘m xorijiy investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan ta’minlanmagan xorijiy kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi.

Korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan 38 trln 631,6 mlrd so‘m, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan esa 23 trln 419,5 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

Shuningdek, aholi mablag‘lari hisobiga 19 trln 33,2 mlrd so‘m, respublika budjeti hisobidan 15 trln 999,3 mlrd so‘m investitsiya yo‘naltirildi.

Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga 4 trln 824 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiya kiritildi. Shu jumladan, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan esa 1 trln 408,4 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring