O‘zbek tadbirkor PUMA brendidan ruxsatsiz foydalangani uchun 40 mln so‘m jarimaga tortildi
Adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida «P.B.» MChJ tomonidan Germaniyaga tegishli «PUMA» tovar belgisi huquqlari buzilgani aniqlandi. Tadbirkorlik sub’yekti kontrafakt mahsulotlarni ushbu brend ostida sotuvga qo‘ygani tasdiqlandi.
Natijada korxonaga 40 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llandi. Shuningdek, «PUMA» tovar belgisiga oid huquqlarni buzish bilan bog‘liq har qanday faoliyatni darhol to‘xtatish yuzasidan talab qo‘yildi.
Adliya vazirligi ma’lumotida aytilishicha, intellektual mulk sohasini himoya qilishga qaratilgan o‘rganishlar davomida brendlardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanishda davom etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter