Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi

Foto: Anhor

O‘zbekistonda magistraturaga qabul boshlandi. 2026/2027 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi.

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  • Bakalavr diplomi;

  • Chet tilini bilish sertifikati.

Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati.

Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi:

  1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;

  2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan) shaxslar;

  3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring