O‘zbekistonda sanoat korxonalari qaysi sohada ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga respublikada 63,3 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng katta ulush oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘nalishda 12,7 mingta yoki jami sanoat korxonalarining 20,1 foizi ish olib bormoqda.
Ikkinchi o‘rinda boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish sohasi bo‘lib, unda 8,9 mingta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu umumiy sanoat korxonalarining 14 foizini tashkil etadi.
Hisobotga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sohasida 6,4 mingta yoki 10,1 foiz korxona faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 5,2 mingta (8,2 foiz) hamda mebel ishlab chiqaruvchi 4,4 mingta (6,9 foiz) sanoat korxonasi qayd etilgan.
Bundan tashqari, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida 3,9 mingta (6,1 foiz) va rezina hamda plastmassa buyumlari ishlab chiqarish yo‘nalishida 2,9 mingta (4,7 foiz) korxona faoliyat olib bormoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter