Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda «Toza havo» umummilliy loyihasi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda «Toza havo» umummilliy loyihasi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Toza havo» umummilliy loyihasi amalga oshiriladi. Bu Prezidentning 25-mart kuni imzolangan tegishli farmoni bilan belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, asosiy maqsad sanoat, energetika, qurilish va transport sohalarida chiqindilarni kamaytirish, shuningdek tabiiy chang hosil bo‘lishini nazorat qilishdan iborat.

Dastur doirasida atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 10,5 foizga qisqartirish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida yirik sanoat korxonalarida avtomatik monitoring stansiyalari va chang-gaz tozalash qurilmalarini o‘rnatish nazarda tutilgan.

Shuningdek, sanoat ob’yektlarida chiqindilarni ushlab qolish darajasini 32 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. PM2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha me’yordan yuqori bo‘lgan kunlar sonini kamaytirish ham ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu jumladan, Transport vositalari tomonidan havoga chiqariladigan zararli moddalar hajmini 10 foizga kamaytirish belgilangan.

Loyiha hududlar kesimida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Dastlab chora-tadbirlar Farg‘ona vodiysida joriy etiladi, keyin esa markaziy hududlarga tatbiq qilinadi. Keyingi bosqichlarda mamlakatning janubiy va g‘arbiy hududlari qamrab olinadi. Yakuniy bosqichda esa Qoraqalpog‘iston va Xorazmda loyiha to‘liq ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq har oyning 10- va 25-kunlari davlat xizmatchilari xizmat avtomobillaridan foydalanmay, ishga jamoat transporti, velosiped yoki piyoda borishi shart qilib belgilangani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring