Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga sayohat qilishga qiziqish bir yilda 54 foizga oshdi

O‘zbekistonga sayohat qilishga qiziqish bir yilda 54 foizga oshdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonga sayohatlarga bo‘lgan xalqaro qiziqish sezilarli darajada oshdi. Xalqaro Expedia Group kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyun oyida mamlakatga sayohat qilish bilan bog‘liq qidiruvlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54 foizga ko‘paygan.

Ushbu davrda rasmiylashtirilgan bronlar soni 45,6 foizga, xarid qilingan aviachiptalar soni esa 23 foizga oshgan.

Expedia Group platformalarida O‘zbekiston bo‘yicha eng yirik xorijiy bozorlar sifatida AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Germaniya va Fransiya qayd etilgan. Talabning eng yuqori o‘sishi AQSh va Yaponiyada kuzatilgan.

Mamlakat ichida eng ommabop sayyohlik yo‘nalishlari Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, Xivaga bo‘lgan qiziqish ham ortib, shaharning umumiy bronlar hajmidagi ulushi sezilarli darajada ko‘paygan.

Dastlabki bronlar tahliliga ko‘ra, tasdiqlangan buyurtmalarning 82,9 foizi 2026 yilning iyul–sentyabr oylariga rejalashtirilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda yuqori turizm mavsumi arafasiga to‘g‘ri keladi.

Mutaxassislar mamlakatga qiziqish ortishini xalqaro aviaqatnovlar geografiyasining kengayishi, viza tartib-taomillarining soddalashtirilishi hamda O‘zbekistonning xorijiy turizm bozorlarida faol targ‘ib qilinayotgani bilan izohladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring