Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning FIFA reytingidagi o‘rni deyarli o‘zgarmadi

O‘zbekistonning FIFA reytingidagi o‘rni deyarli o‘zgarmadi

FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 55-o‘rindan joy oldi. Jamoa Qatardan keyin, JARdan oldinda joylashgan. O‘zbekiston sentyabrda 54-o‘rinni egallagandi. 

Shuningdek, milliy terma jamoa Osiyo jamoalari orasida 6-o‘rinni band etgan.

FIFA reytingida Ispaniya termasi birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinda Fransiya terma jamoasi bormoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring