O‘zbekistonlik futbol mutaxassislari ilk bor FIFA qo‘mitasiga tayinlandi
Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo‘mitasiga tayinlandi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
So‘nggi paytlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi FIFA bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Yurtimiz 2024-yilda ilk bor FIFA miqyosidagi futzal bo‘yicha Jahon chempionatini qabul qilgan bo‘lsa, 2027-yilga kelib yoshlar o‘rtasidagi Mundialga mezbonlik qilishidan xabaringiz bor.
FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi (Football Technology, Innovation and Digital Transformation Committee)— futbolni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirishga qaratilgan eng muhim tuzilmalardan biri hisoblanadi.
Qo‘mita VAR, golni aniqlash texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, sun’iy intellekt kabi innovatsion yechimlarni rivojlantirish, sinovdan o‘tkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi. FIFA Kengashining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov 2025–2029-yillar uchun ushbu qo‘mitaning rais o‘rinbosari etib tayinlandi. Qo‘mitaga FIFAning Futbol texnologiyalari bo‘yicha direktori Yohannes Holzmuyuller rahbarlik qiladi.
Shuningdek, O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov Sohil futboli qo‘mitasiga (Beach Soccer Committee), O‘FA ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar qo‘mitasiga tayinlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter