Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokistonda kuchli yomg‘irlar sabab 37 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda kuchli yomg‘irlar sabab 37 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Xayber-Paxtunxva va Panjob viloyatlarida kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 37 nafarga yetdi.

OAVlarning xabar berishicha, 19 iyuldan buyon musson mavsumi munosabati bilan Xayber-Paxtunxva, Panjob hamda Gilgit-Baltiston hududlarida kuchli yog‘ingarchilik davom etmoqda. Bu esa to‘satdan yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘lgan.

Rasmiylar ma’lum qilishicha, kuchli yomg‘irlar bilan bog‘liq hodisalar, jumladan, to‘satdan kelgan suv toshqinlari, chaqmoq urishi va elektr toki urishi natijasida Xayber-Paxtunxvada 20 nafar, Panjobda esa 17 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Shu tariqa, mamlakat bo‘ylab kuchli yog‘ingarchilik bilan bog‘liq ofatlar qurbonlari soni 37 nafarga yetdi.

Shu bilan birga, Gilgit-Baltiston hamda Pokiston boshqaruvidagi Ozod Jammu va Kashmir hududlarida suv toshqinlari va yer ko‘chkilari oqibatida qishloq xo‘jaligi ekinlari hamda mahalliy aholining uy-joylariga katta zarar yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring