Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb qo‘shma bayonot imzoladilar

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb qo‘shma bayonot imzoladilar

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Qo‘shma bayonotni imzoladilar

Yetakchilar huzurida turli yo‘nalishlarda, shu jumladan: 

– savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish; 

 – foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik; 

 – geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik; 

 – raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga ko‘maklashish; 

 – ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik; 

 – maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga raqamli ta’lim platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik; 

 – ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik; 

 – raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta’lim salohiyatini oshirish; 

 – iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring