Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin va Tramp bir yarim soatdan oshiq muloqot o‘tkazdi: tafsilotlar

Putin va Tramp bir yarim soatdan oshiq muloqot o‘tkazdi: tafsilotlar

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin  AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatlashdi va 9-may kuni sulh e’lon qilishga tayyorligini e’lon qildi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, telefon suhbati bir yarim soatdan ko‘proq davom etdi.

Aytilishicha, Vladimir Putin Vashingtondagi suiqasddan keyin «Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan va hodisani qoralagan». 

Donald Tramp esa o‘z navbatida Rossiyaning yaqinda e’lon qilingan Pasxa sulhini olqishladi. Shu munosabat bilan Vladimir Putin amerikalik hamkasbiga 9-may kunini nishonlash uchun ham sulh e’lon qilishga tayyorligi haqida ma’lum qildi, deydi Ushakov.

Prezident yordamchisi qo‘shimcha qilishicha, Tramp bu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlagan.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Putinga Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuv allaqachon yaqin ekanligini aytgan.

Tramp hali ushbu suhbat haqida izoh bermadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring