Qatar Volkswagen kompaniyasining Isroil bilan hamkorlik qilishiga yo‘l qo‘ymadi
Qatar Yaqin Sharqda keskinlik kuchayishiga qarshi va buning choralaridan biri sifatida Germaniya harbiy texnikasini Isroilga yetkazib berish jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Qatar davlat investitsiya jamg‘armasi (Qatar Investment Authority) Volkswagen (Germaniya) kompaniyasining uchinchi yirik aksiyadori hisoblanadi. Volkswagen Isroilning Rafael kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, «Temir gumbaz» (Iron Dome) havo mudofaa tizimi uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni taklif qilgan edi.
Biroq Volkswagen aksiyalarining 10 foizdan ortig‘iga va ovoz berish huquqining 17 foiziga egalik qiluvchi Qatar uning Isroil kompaniyasi bilan hamkorlik qilish taklifiga veto qo‘ydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter