Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda 20 nafar abituriyent zaharlandi — viloyat SSB rasmiy ma’lumot berdi

Buxoroda 20 nafar abituriyent zaharlandi — viloyat SSB rasmiy ma’lumot berdi

Abituriyentlarning salomatligi nega yomonlashganini aniqlash uchun qon namunalari ekspertizaga yuborildi.

Kecha, 11 yanvar kuni Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi o‘quv markazida tahsil olayotgan 20 nafar abituriyent tuman tibbiyot birlashmasiga olib borildi. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimining topshirig‘iga muvofiq, sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev ishtirokida ishchi guruh tuzilgan. Barcha bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli standartlari asosida laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Ko‘rilgan tibbiy chora-tadbirlar natijasida barcha bemorlarning ahvoli yaxshilanib, ular ambulator davolanish uchun uyiga javob berildi.

Har bir bemorga hududiy oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi biriktirildi. Ayni paytda barchasining ahvoli qoniqarli bo‘lib, shikoyatlari mavjud emas.

Shuningdek, bemorlardan tegishli qon namunalari olinib, belgilangan tartibda ekspertizaga yuborildi. Ekspertiza natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring