Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda 741 mln so‘mlik gaz ballonlari talon-toroj qilindi

Qoraqalpog‘istonda 741 mln so‘mlik gaz ballonlari talon-toroj qilindi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti

Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanida 741 million so‘mlik suyultirilgan gaz ballonlarini talon-toroj qilish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Kegeyli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Kegeylitumangaz» ta’minoti bo‘limining moddiy javobgar shaxslari qiymati 741 million so‘mlik 781 dona suyultirilgan gaz ballonini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatida aholiga gaz ballonlarini yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar kuzatilayotgani, Energetika vazirligi esa ushbu murojaatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgani haqida xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring