Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Mo‘ynoq” konidan gaz olish boshlandi

“Mo‘ynoq” konidan gaz olish boshlandi

© AO "Uzbekneftegaz"

Ustyurtdagi “Mo‘ynoq” konida 3-sonli quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi. Quduq 4 940 metr chuqurlikda burg‘ilandi, sinov ishlari davom etmoqda.

Ustyurt platosida joylashgan “Mo‘ynoq” konida muhim geologik natijaga erishildi — 3-sonli izlov qudug‘idan sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olindi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, quduqda burg‘ilash ishlari joriy yilning 8 sentyabr kuni “O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari” tomonidan boshlangan bo‘lib, quyi yura qatlamlari 4 940 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan.

Ma’lum qilinishicha, uch sutka davomida mahsuldor qatlamning tabiiy xususiyatlari o‘rganilgan.
Tadqiqotlar natijasida quduqning kunlik debiti, qatlam bosimi va boshqa asosiy parametrlari aniqlanmoqda.

Ayni paytda Mo‘ynoq maydonida yana ikki quduqda burg‘ilash va sinov ishlari davom etmoqda. Mutaxassislar tez orada ushbu quduqlardan ham natija olinishini kutmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring