Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda 400 mingga yaqin uy hayvoniga raqamli pasport berildi

Qozog‘istonda 400 mingga yaqin uy hayvoniga raqamli pasport berildi

Foto: Azh.kz

Qozog‘istonning eGov Mobile ilovasida uy hayvonlariga raqamli pasport berilmoqda.

Pasportda uy hayvonining laqabi, zoti, rangi, tug‘ilgan sanasi, egasining ma’lumotlari, chiplash, sterilizatsiya va emlashlar haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi.

«Hujjatni bir necha soniyada ochish va zarurat tug‘ilganda ko‘rsatish mumkin», — deb xabar berdi Elektron hukumatning Gov.kz sayti.

Hujjat ilovada paydo bo‘lishi uchun hayvonni TABAN uy hayvonlarini hisobga olish yagona ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Shundan so‘ng raqamli hujjat eGov Mobile ilovasida avtomatik ravishda aks etadi. Barcha ma’lumotlar TABAN uy hayvonlarini hisobga olish yagona ma’lumotlar bazasidan yuklab olinadi.

TABAN sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 5-avgustiga qadar 397 642 ta uy hayvoni uchun raqamli pasport berilgan. Ularning 290 868 tasi — it va 106 760 tasi — mushuk. Bundan tashqari, ko‘zan, quyon, kalamush, toshbaqa, kapibara kabi jonivorlarga pasport olganlar ham bor.

Pasportni veterinarga ko‘rsatish, safarlarda yoki uy hayvoni yo‘qolib qolganda foydalanish mumkin, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring