Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada bir oyda yuzlab o‘zbekistonlik migrantga yordam ko‘rsatildi

Rossiyada bir oyda yuzlab o‘zbekistonlik migrantga yordam ko‘rsatildi

Joriy yilning iyul oyida Migratsiya agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan 774 nafar O‘zbekiston fuqarosiga ijtimoiy, huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ma’lum qilinishicha, ulardan 597 nafari, jumladan 110 nafar ayol va ularning 228 nafar voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga qaytarilgan. Shuningdek, 91 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam ajratilgan, 83 nafar boshpanasiz qolgan yurtdosh bir oy muddatga bepul xostelga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, 3 nafar og‘ir kasallikka chalingan fuqaroning davolanish xarajatlari qisman qoplab berilgan.

Hisobot davrida 860 nafar murojaatchiga huquqiy va amaliy yordam ham ko‘rsatilgan. Xususan, 64 nafar fuqaroning jami 4 million rubl miqdoridagi ish haqi undirib berilgan. 53 nafar uchun Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilgan, 31 nafarning ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qaytarilgan. Yana 712 nafar fuqaroga huquqiy maslahat berilgan.

Shuningdek, ishsiz qolgan 220 nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadagi 7 ta korxonaga ishga joylashtirilgan.

Migratsiya agentligi Rossiyada ish haqi to‘lanmasligi, hujjatlar bilan bog‘liq muammolar, ish beruvchi bilan nizolar yoki boshqa huquqiy masalalarga duch kelgan fuqarolarni Moskva shahridagi vakolatxonaga murojaat qilishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring