Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan 1,5–2 baravar yuqori yuklama bilan ishlayapti – Prezident

Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan 1,5–2 baravar yuqori yuklama bilan ishlayapti – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Sergeli tumanidagi ta’lim va shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar belgilandi.

Qayd etilishicha, Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan 1,5–2 baravar yuqori yuklama bilan ishlamoqda. Shu bois o‘quvchi o‘rinlarini ikki baravargacha oshirish imkonini beradigan yangi tipdagi maktablar qurish taklif etildi. Yangi loyihada sport zali, oshxona va ustaxonalar yerto‘lada joylashtirilib, yuqori qavatlar to‘liq sinf xonalariga ajratiladi.

Prezident joriy yil Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan maktab va bog‘chada mazkur yondashuvni joriy etib, «poytaxt tajribasi»ni shakllantirishni topshirdi.

Yig‘ilishda poytaxtda salqin mikroiqlim yaratish maqsadida 12 ta sun’iy ko‘l barpo etish ishlari boshlanishi ma’lum qilindi. Ularning uchtasi Sergeli tumanidagi Qo‘shqo‘rg‘on, Sultonobod va Farog‘atli mahallalarida jami 22 gektar maydonda tashkil etiladi.

Shuningdek, «Jo‘n» kanali va Chirchiq daryosi bo‘ylarini obodonlashtirish ishlari davom ettiriladi. Sergeli va Yangihayot tumanlari hokimlariga yil oxiriga qadar kanal bo‘yida sayilgoh va salomatlik yo‘laklari barpo etish, Chirchiq daryosi bo‘ylab esa qo‘shimcha 300 gektar «yashil belbog‘», sayilgohlar, piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish vazifasi yuklatildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring