Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda yuk mashinasi va Captiva ishtirokidagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoda yuk mashinasi va Captiva ishtirokidagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Foto: Sirdaryo IIB

Joriy yilning 9 avgust kuni soat 10:30 larda Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 «Toshkent–Dushanbe» avtomobil yo‘lining 125-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, Shacman rusumli transport vositasi qayrilib olayotgan vaqtda shu yo‘nalishda yo‘lning chap bo‘lagi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Captiva rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda YTHdan so‘ng kuchli yong‘in yuzaga kelganini ko‘rish mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring