Sobiq deputat Olim Sulaymonovga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Toshkent viloyati IIBB 1964-yilda tug‘ilgan O.Sulaymonov (sobiq deputat)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
IIBBga ko‘ra, O.Sulaymonov shu kunga qadar IIO tomonidan gumonlanuvchi tariqasida bir necha marotaba, chaqiruv qog‘ozi orqali rasman chaqirilgan bo‘lsada, tergovga kelishdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.
«Shunga ko‘ra, bugun 14-oktyabr kuni, O.Sulaymonovni qonuniy asos bilan, tergov jarayoniga majburiy keltirish chorasi qo‘llanildi va mavjud jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda», – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, sobiq deputat bir muddat avval Toshkent viloyati migratsiya bo‘limida ish boshlagan va ko‘p o‘tmay ishdan olingani ortidan jamoatchilik o‘rtasiga ayrim bahsli savollarni tashlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter