Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud tizimida «tozalanish» davri — korrupsiyaga qarshi yangi kurash boshlandi

Sud tizimida «tozalanish» davri — korrupsiyaga qarshi yangi kurash boshlandi

PF–106-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun maxsus “Komplayens nazorat xizmati” tashkil etildi.

Bu o‘zgarishning maqsadi sud tizimini yanada shaffof va toza qilishdir. Endi sudyalarning ishini Sudyalar oliy kengashi inspeksiyasi nazorat qilsa, sud apparatlari va departament xodimlarining faoliyati ushbu yangi Komplayens xizmati tomonidan doimiy kuzatib boriladi.

Bu xizmat rahbarini bevosita Oliy sud raisi tayinlaydi, bu esa uning o‘z ishiga mustaqil va xolis yondashishini ta’minlaydi. Xizmatga esa faqat katta tajribaga ega, halol va benuqson obro‘-e’tiborli yuristlar ishga olinadi.

Bundan tashqari, sud apparati xodimlari o‘z mas’uliyatlarini yanada chuqurroq his etishlari uchun ularga maxsus xizmat kiyimi ham joriy etilmoqda. Ushbu choralarning barchasi fuqarolarimizning sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish hamda adolatni ta’minlashda hech qanday korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring