Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Super ota» 267 nafar bolani voyaga yetkazdi (foto)

«Super ota» 267 nafar bolani voyaga yetkazdi (foto)

Foto: Sohu

Xitoyda maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 267 nafar asrandi bolani voyaga yetkazib, tillarga tushdi. South China Morning Post nashri yozishicha, 52 yoshli bu fidoyi inson «super ota» laqabiga sazovor bo‘lgan.

Foto: Sohu

Bay Szyan qishloqdagi kambag‘al oilada tug‘ilgan. U faqat sportdagi yutuqlari tufayli kollejga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan. O‘qishni tamomlab, 1995-yilda o‘rta maktabda ish boshlagan kezlarida darslarni tez-tez qoldiradigan va boshqa bolalarning ovqatini o‘g‘irlaydigan bolaga ko‘zi tushadi. Szyan bolani ota-onasi tashlab ketganini bilgach, uni o‘z qaramog‘iga oladi.

Foto: Sohu

Keyinchalik u boshqa yetimlarni yoki qarovsiz qolgan bolalarni ham asrab ola boshlaydi. Mablag‘ yetkazish uchun qarz olar, bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha ishlarda ishlardi. O‘zining vaqti bo‘lmagan paytlarda esa onasi va singlisidan bolalarga qarab turishni iltimos qilardi.

Foto: Sohu

Shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, Bay Szyan barcha farzandlari sportga katta vaqt ajratishi shart deb qaror qildi. U har kuni sahar soat 4:30 da bolalarni yugurish uchun uyg‘otadi. Tarbiyalanuvchilarning har biri kuniga 12 km masofagacha yuguradi.

Foto: Sohu

Bay Szyanning uyida doimiy ravishda 30 nafargacha bola istiqomat qiladi. U 46 yoshida turmush qurgan, 2020 yilda o‘z farzandi dunyoga keldi. Bungacha qaramog‘idagi bolalar juda ko‘pligi uchun hech bir ayol unga turmushga chiqishni istamagan.

Foto: Sohu

Szyanning tarbiyalanuvchilari ulg‘ayib, professional sportchilar, davlat xizmatchilari va o‘qituvchilar bo‘lib yetishishdi. U asrab olgan bolalarning 100 dan ortig‘i oliy ma’lumot oldi, 50 nafari esa sport ustasi degan nomga sazovor bo‘ldi. Super ota farzandlari 20 yil davomida musobaqalarda qo‘lga kiritgan 1300 dan ziyod medallarni ko‘z qorachig‘idek asrab kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring