Surxondaryoda jazirama tufayli yuk mashinalari harakatiga cheklov joriy etildi
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq havo sabab ayrim hududlarda yo‘l qoplamasini asrash maqsadida og‘ir yuk transportlari harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyatida soat 10:00 dan 19:00 gacha yuk avtomobillarining harakatlanishi cheklandi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, havo harorati keskin oshgan paytda asfalt qoplamasi yumshab, og‘ir transport vositalari ta’sirida deformatsiyaga uchrashi, yoriqlar va cho‘kishlar hosil bo‘lishi mumkin.
Mazkur chora yo‘l infratuzilmasini saqlash, qoplamaning erta yemirilishining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter