Talabalar uchun sessiyalar 12-yanvardan boshlanadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning buyrug‘iga ko‘ra, 2025-2026-o‘quv yilining kuzgi semestrida o‘quv jarayoni hamda fanlardan nazoratlar 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.
Talabalarga kuzgi semestr yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar yetkazilishi belgilangan. Imtihonlarni talab darajasida o‘tkazish va ularning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun: Talabalar uchun qishki ta’til sanasi 10-yanvargacha etib belgilangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter