Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Time jurnali Leonardo Di Kaprioni yil artisti deya e’tirof etdi

Time jurnali Leonardo Di Kaprioni yil artisti deya e’tirof etdi

Time jurnali Leonardo Di Kaprioni 2025-yil artisti deb e’tirof etdi. Qayd etilishicha, u barcha tengdoshlari havas qiladigan karera qurishga muvaffaq bo‘ldi.

Jurnalning Di Kaprioga bag‘ishlangan muqovasi

Di Kaprio «bir qarashda noto‘g‘ri tuyulgan tanlovni qilib, oxirida baribir haq bo‘lib chiqadi», deb yozdi Time. Shuningdek, nashr aktyorning betakror qiyofasiga alohida e’tibor qaratdi.

«Di Kaprio superyulduz. Eng ajablanarlisi, u ishiga o‘ta jiddiy yondashishi barobarida, o‘ziga umuman e’tibor bermaydi», deb yozdi nashr.

Leonardo Di Kaprio 51 yoshda. Ellikka yaqin filmlarda suratga tushgan. «Omon qolgan» (2015) filmi uchun «Oskar olgan. Deyarli barcha filmlari kino muxlislari ko‘nglidan joy olgan: «Titanik» (1997), «Ustasi farang» (2002), «Temir niqobli odam» (1998), «Aviator» (2004), «La’natlanganlar oroli» (2009), «Ozod Jango» (2012) va boshqalar. Aktyor BAFTA, «Oltin globus», «Kumush ayiq» kabi ko‘plab mukofotlar bilan taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring