Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent aeroportida 11,8 kg gashish moyi musodara qilindi

Toshkent aeroportida 11,8 kg gashish moyi musodara qilindi

Foto: Videodan kadrlar

Toshkent xalqaro aeroportida 11,8 kilogramm gashish moyining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

DXX xodimlari «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlar davomida «Bangkok – Dehli – Toshkent» aviaqatnovi orqali kelgan 2005-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosining yuki tekshirilgan.

Tekshiruv chog‘ida jomadondagi shampun idishlari ichiga yashirilgan, umumiy og‘irligi 11,8 kilogramm bo‘lgan gashish moyi aniqlangan.

Shundan so‘ng o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur narkotik moddani qabul qilib olish uchun Yunusobod tumanidagi xonadonga kelgan, Chirchiq shahrida yashovchi 2001-yilda tug‘ilgan shaxs ham ushlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvandlik vositasi Tailanddan O‘zbekiston orqali qo‘shni davlatga tranzit tarzda olib o‘tilishi rejalashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring