Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning to‘rt tumanida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin

Toshkentning to‘rt tumanida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin

Foto: «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali

Bugun, 20 iyul kuni Toshkentda 220/110/10 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasida yangi avtotransformatorni ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur jarayon sabab Olmazor, Chilonzor, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Mutaxassislar barcha ishlar belgilangan texnik talablar asosida amalga oshirilayotganini hamda elektr ta’minotini imkoni qadar tezroq me’yoriy holatga qaytarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotganini bildirdi.

Avvalroq Energetika vazirligi jazirama issiq tufayli mamlakat energiya tizimiga bosimning keskin ortganligi sababli ayrim hududlarda elektr ikki soatga uzilishini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring