Toshkentda metro yo‘lida yurgan mushuk qutqarildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Kosmonavtlar» metro bekatining yo‘lida mushuk yurgani aks etgan xabarlar tarqaldi.
«Toshkent metropoliteni» AJning ma’lum qilishicha, 16 avgust kuni soat taxminan 20:00 da metro yo‘lida mushuk harakatlanayotgani aniqlangan.
«Tonnel inshootlar» xizmati texnik yordam ustasi M. Maxmayusupov mushukni xavfsiz tarzda yo‘ldan olib chiqqan.
Ta’kidlanishicha, hodisa poyezdlar harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan. Mushuk ham zarar ko‘rmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter