Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahrining 4 ta tumanida soliq inspeksiyasi rahbarlari o‘zgardi

Toshkent shahrining 4 ta tumanida soliq inspeksiyasi rahbarlari o‘zgardi

Foto: Xabar.uz

Soliq qo‘mitasi raisi tomonidan 2026-yil 22-iyunda imzolangan tegishli buyruq asosida bir qator tuman soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi.

Mazkur buyruqqa muvofiq, Inomov Xabibulla Tadjiyevich Toshkent shahar Olmazor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shuningdek, Nasirov Laziz Rustamovich Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Radjapov Xamdam Hakimbayevich Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlariga tayinlandi.

Ergashov Jamshid Ashurovich esa Yashnobod tumani soliq inspeksiyasiga rahbar etib belgilandi. Tayinlovlar poytaxtning iqtisodiy faol hududlarida soliq ma’murchiligini yanada samarali tashkil etishga qaratilgani qayd etildi.

Soliq qo‘mitasi ushbu qarorlar davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik va ochiqlikni kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning bir qismi ekanini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tayinlovlar davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan, xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi va natijador boshqaruv modelini shakllantirishga qaratilgan kadrlar siyosatining amaliy davomi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring