Soliq mas’ullarining 5,2 mlrd so‘mlik «ishi» oshkor bo‘ldi
Soliqdan qochganlar va soliq hisoblamagan soliqchilar fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Soliq qo‘mitasi hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda 6 ta MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar 32,6 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjetdan qaytarib olib, 195,9 mlrd so‘mlik mahsulotlarni naqd pulga sotib, savdodan tushgan pullarni bankka topshirmasdan juda ko‘p miqdordagi savdo qoidalarini buzib, 42,5 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlar.
Tekshiruvda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan mazkur MChJlarda o‘tkazilgan audit tekshiruvlarida tekshiruv dalolatnomalarini 5,2 mlrd so‘m soliqlarni hisoblamasdan rasmiylashtirgan. Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter