Toshkent va Samarqandda harbiy xizmatchilarga to‘lanadigan «ijara puli» oshiriladi
Joriy yil 7-iyuldagi 369-son Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 25 iyuldagi 169-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 25 foizga (mos ravishda BHMning 6 va 4,5 baravari miqdorida) oshirilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari yo‘nalishi bo‘yicha turar joy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno) to‘lab beriladi.
Shu kunga qadar amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, ularga:
- Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 4,8 baravarigacha miqdorda;
- Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 3,6 baravarigacha miqdorda;
- O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tumanlar markazlari va aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 2,4 baravarigacha miqdorda to‘langan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter