Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda AQSh bilan hamkorlikda kasb-hunar kolleji ochilishi mumkin

Toshkentda AQSh bilan hamkorlikda kasb-hunar kolleji ochilishi mumkin

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida AQShning Nyu-York shahri meri Erik Adams boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkentda qo‘shma kasb-hunar kollejini ochish taklif etildi.

Uchrashuvda, shuningdek Palata raisi maslahatchisi Umid Safarov tomonidan o‘zbekistonlik tadbirkorlarni AQSh kapital bozorlariga tayyorlash maqsadida Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik o‘rnatish, mamlakatimizda AQShning yetakchi universitetlari bilan biznes maktabi va akseleratsiya dasturlari yaratish ham taklif qilindi.

Kichik biznes uyushmasi raisi Kamolat Mirzaaliyeva esa Nyu-York kichik biznes birlashmasi bilan hamkorlik o‘rnatish va mahalliy mahsulotlarni AQSh bozoriga eksport qilishda ko‘mak so‘radi.

Tadbirkorlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Amerika bozoriga yetkazib berishni kengaytirish, bioximyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish va innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bundan tashqari, uchrashuvda tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini rivojlantirish va ikki hudud o‘rtasidagi biznes aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tib, ikki tomonlama biznes hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring