Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp ma’muriyati Grenlandiyani kuch bilan egallash rejasini ishlab chiqyapti – OAV

Tramp ma’muriyati Grenlandiyani kuch bilan egallash rejasini ishlab chiqyapti – OAV

AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani harbiy yo‘l bilan egallash ehtimoli bo‘yicha reja tayyorlashni mamlakat harbiy tuzilmalariga topshirgan. Bu haqda Mail on Sunday nashri diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Tramp AQSh Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalar uchun mas’ul bo‘linmasi — Joint Special Operations Command’ga ehtimoliy harbiy ssenariyni ishlab chiqish vazifasini bergan. Prezident avvalroq Grenlandiya masalasida kelishuvga erishishni istashini, biroq buning iloji bo‘lmasa, «qattiq yo‘l»ni tanlashga tayyor ekanini aytgan edi.

Shu bilan birga, AQSh harbiy rahbariyati Trampning ushbu g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamayotgani xabar qilinmoqda. Nashr manbalarining ta’kidlashicha, ayrim amerikalik generallar Grenlandiyani kuch bilan egallash rejasini aqlga sig‘maydigan va xalqaro huquqqa zid deb hisoblaydi. Diplomatik doiralarda esa bunday yondashuv NATO ichida jiddiy inqiroz keltirib chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.

Mail on Sunday manbalariga ko‘ra, harbiylar bu masalani eng yomon ssenariy sifatida baholab, prezidentni boshqa yirik harbiy-siyosiy masalalarga e’tibor qarattirishga urinayotgani ham qayd etilgan.

Daniya rasmiylari esa Grenlandiyaning maqomi masalasida o‘z pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladi. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bir necha bor Grenlandiya savdo ob’yekti emasligini va uning kelajagi faqat grenlandiyaliklar qarori bilan belgilanishini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibidagi avtonom hudud hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Grenlandiya masalasi so‘nggi oylarda AQSh, Daniya va NATO davlatlari o‘rtasidagi siyosiy bahslarning markazida bo‘lib qolmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring