Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga yordam ko‘rsatildi

Turkiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga yordam ko‘rsatildi

Turkiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.

«Dunyo» AA bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston diplomatlari Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lib, bu yerda hibsda saqlanayotgan bir guruh fuqarolar bilan suhbat uyushtirdi.

Bosh konsulxona xodimlari mazkur fuqarolarga zarur huquqiy maslahatlar berib, sud jarayonlarida hamyurtlarimizni himoya qilayotgan advokatlar bilan fikr-mulohaza almashdi.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlashda gumonlanib, 2024-yildan buyon Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanib kelgan O‘zbekiston fuqarosi F.A., joriy yilning 30-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisi qaroriga ko‘ra sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.

O‘zbekistonning chet davlatlardagi konsullik idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday hayrli ishlar Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosatda ham o‘z o‘rniga egaligi, vatandoshlar manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi.

O‘zbekistonning hech bir fuqarosi e’tiboran chetda qolmaydi va zarur hollarda Vataniga yetib olishi uchun barcha tegishli amallar bajariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring