Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vengriyada energetika inqirozi yuzaga kelishi mumkin

Vengriyada energetika inqirozi yuzaga kelishi mumkin

Vengriya Bosh vaziri Peter Madyar mamlakat yagona atom elektr stansiyasi – «Paksh» AESning to‘liq to‘xtab qolishi mumkinligi sababli energetika inqirozi yuzaga kelishi xavfi haqida ogohlantirdi.

Sabab – Dunay daryosida suv sathi rekord darajada pasaygani. Bu reaktorlarni sovutishni qiyinlashtirgan va stansiya energiya bloklari bosqichma-bosqich to‘xtatilmoqda.

Agar AES to‘liq to‘xtasa, Vengriya qariyb 2 ming megavatt elektr ishlab chiqarish quvvatini yo‘qotadi.

Hozircha mamlakatda elektr ta’minoti import hisobiga barqaror saqlanmoqda. Shu bilan birga, hukumat sanoat korxonalari va davlat idoralari uchun elektr iste’molini cheklashni rejalashtirmoqda. Bemorxonalar, ijtimoiy muassasalar va muhim infratuzilma obyektlariga esa cheklovlar tatbiq etilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring