Vens Eron urushidan ko‘zlangan ikki asosiy maqsadni aytdi
Vashingtonning Eron bilan mojaroda ikkita asosiy maqsadi bor: amerikaliklar uchun energiya narxlarini past darajada ushlab turish va Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishining oldini olish. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens gapirib o‘tdi.
«Birinchi maqsad - butun mamlakatimiz bo‘ylab amerikaliklar uchun neft va gazni arzon saqlash», dedi Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
U shuningdek, ikkinchi maqsadni «Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligini» ta’minlash sifatida tilga oldi.
Vitse-prezident Qo‘shma Shtatlar Eron bilan mojarodan kuchliroq pozitsiyada chiqishiga ishonch bildirdi.
«Menimcha, bu Qo‘shma Shtatlarni kuchliroq pozitsiyada qoldiradi, chunki Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Amerika xalqi uchun neft va gaz narxlari barqaror bo‘lgan holatga qaytadi», dedi Vens.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter