Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy poligonida Tayvan hukumat binolarining maketlari aniqlandi

Xitoy poligonida Tayvan hukumat binolarining maketlari aniqlandi

Foto: Facebook

Xitoy poligonida Tayvan hukumat binolarining maketlari aniqlandiOb’yekt Xitoyning eng yirik Chjujixe poligonida joylashgan.

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, 2020-yildan beri maket deyarli uch baravar kattalashdi. «Asosiy milliy muammolar jamg‘armasi» tahlil markazi qayd etishicha, yaqinda poligonda Tayvan parlamenti binosining modeli qurib bitkazilgan.


Taxminlarga ko‘ra, harbiylar bu yerda prezident saroyi uchun janglarni taqlid qilib, mashqlar o‘tkazishyapti. Yapon ekspertlarining fikricha, bunday inshootlardan
«dushmanni boshsiz qoldirish» amaliyoti uchun mashg‘ulotlarda foydalaniladi. Maqsad urush yuz bergan taqdirda Tayvan rahbariyatini tezda qo‘lga olish.

Chjujixe Tayvan amaliyoti uchun yagona poligon emas. 2024-yilda Xitoyning Alashan tumani cho‘lida Tayvan transport tugunlari maketi qurilgan poligon borligi ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring