Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda o‘qiyotgan davlat xizmatchisining maoshi va lavozimi saqlab qolinadi

Xorijda o‘qiyotgan davlat xizmatchisining maoshi va lavozimi saqlab qolinadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Hujjatga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi nufuzli xorijiy ta’lim muassasasining magistratura yoki doktoranturasiga grant asosida qabul qilinganda, ish beruvchining yozma roziligi bilan uning ish o‘rni va lavozimi saqlab qolinishi taklif etilmoqda.

Shu bilan birga, davlat xizmatchisining xorijda tahsil olish davri mehnat stajiga qo‘shib hisoblanishi va ko‘p yillik xizmat uchun to‘lanadigan ustamalarni belgilashda inobatga olinishi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida ish beruvchi rozilik berishda o‘quv dasturining yo‘nalishi davlat organi faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lishini hisobga olishi belgilanmoqda.

Shuningdek, xorijdagi ta’lim dasturi yakunlangach, davlat xizmatchisi o‘qigan muddatiga teng davr mobaynida tegishli davlat organi tizimida ishlab berishi shart bo‘ladi.

Muhokamalar yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring