Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YaHM hajmi bo‘yicha qaysi hududlar yetakchilik qildi?

YaHM hajmi bo‘yicha qaysi hududlar yetakchilik qildi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 1 kvadrillion 72,7 trillion so‘mni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng katta yalpi hududiy mahsulot Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda YaHM hajmi 226 trln so‘mga yetgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizlik real o‘sish qayd etildi.

Keyingi o‘rinlarda 113,9 trln so‘m bilan Navoiy viloyati va 103,8 trln so‘m bilan Toshkent viloyati joylashdi. Bu hududlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari mos ravishda 6,7 va 8,7 foizni tashkil qildi.

Samarqand viloyatida yalpi hududiy mahsulot 67,4 trln so‘mga, Farg‘ona viloyatida 65,2 trln so‘mga yetdi. Mazkur hududlarda real o‘sish sur’atlari tegishlicha 9,7 va 9,1 foizni tashkil qildi.

Andijon viloyatida YaHM 59,6 trln so‘m, Qashqadaryo viloyatida 55,7 trln so‘m, Namangan viloyatida esa 45,5 trln so‘m bo‘ldi. Bu hududlarda iqtisodiy o‘sish 8,3–8,8 foiz oralig‘ida qayd etildi.

Buxoro viloyatida YaHM 44,8 trln so‘mga, Surxondaryo viloyatida 35,9 trln so‘mga, Xorazm viloyatida esa 32,9 trln so‘mga yetdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu ko‘rsatkich 32,4 trln so‘mni tashkil qildi.

Jizzax viloyatida yalpi hududiy mahsulot hajmi 29,7 trln so‘m, Sirdaryo viloyatida esa 19,1 trln so‘m bo‘ldi. Bu hududlarda real o‘sish sur’atlari mos ravishda 8,6 va 8,4 foiz etib baholandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha Toshkent shahri 13,3 foiz bilan eng yuqori natijani qayd etgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10,2 foiz, Samarqand viloyatida esa 9,7 foizlik o‘sish kuzatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring