Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.

​Faqat ayrim kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va 10-11-sentyabr kunlari esa Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

​Hafta davomida harorat foni kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja atrofida nisbatan tekis bo‘lishi kuzatiladi. Respublikaning shimoli-g‘arbida kunduzgi harorat 30-33 darajadan 25-28 darajagacha biroz pasayadi.

​7 va 11-sentyabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

​Shamol 7-12 m/s tezlikda yesadi, 8-10 sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda, 11 sentyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

​Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 17-20 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari 32-34 darajadan 35-37 darajagacha o‘zgarib turadi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring