Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi korrupsiya tezkorlik bilan aniqlanadi
Endi Antikorrupsiya agentligi yaqin qarindoshlar bilan bog‘liq korrupsiya xavflarini tezda aniqlashini bildirdi.
Bu Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovning O‘zAga ma’lum qilgan. Agentlik huzurida tashkil etilayotgan «Xavf-tahlil markazi»ga vazirlik va idoralarning 30 ga yaqin ma’lumot bazalari integratsiya qilinadi.
Uning aytishicha, mazkur markazda sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va nazorat qilish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Xususan, soliq.uz bazasi orqali tashkilot ta’sischilari bilan davlat xaridlarida affillanganlik holatlari, «Elektron jinoiy-huquqiy statistikasi» tizimi orqali korrupsiyaga oid jinoyatlar va ularning sabablari, my.mehnat.uz bazasi orqali esa yaqin qarindoshlarning bevosita bo‘ysunuv asosida ishlashi holatlari aniqlanadi.
Qayd etilishicha, natijada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish jarayoni an’anaviy usulda 5–6 kun vaqt olgan bo‘lsa, raqamlashtirish orqali bu ish bir soat ichida amalga oshiriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter