Yaqin Sharqdagi keskinlik ortidan neft narxi yana 90 dollardan oshdi
AQSh va Eron o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilikning yanada kuchayishi jahon neft bozoriga ta’sir qildi. 20 iyul kuni London ICE birjasida Brent rusumidagi neft narxi bir barrel uchun 90,8 dollarga yetdi. Bu avvalgi savdo kungiga nisbatan 2,8 foizga yuqori ko‘rsatkichdir.
Shuningdek, AQShning WTI rusumidagi nefti ham qimmatlashib, sentyabr fyucherslari 84,7 dollar (+2,2 foiz) darajasida savdo qilindi.
Mutaxassislar neft narxining o‘sishini Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyatning keskinlashgani bilan izohlamoqda. Eronning neft tankerlariga hujumlari hamda AQShning Eron harbiy infratuzilmasiga bergan zarbalari mintaqadagi xavflarni yanada oshirdi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali jahondagi neft tashuvlarining katta qismi amalga oshirilishi sababli, mintaqadagi har qanday keskinlik energetika bozorlarida narxlarning o‘sishiga olib kelmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter