Zangiotadagi gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in yuz berdi, jarohatlanganlar bor
Zangiotadagi gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in yuz berdi, uch kishi jarohat olgan.
16-iyul kuni Toshkent viloyati FVBBga, Zangiota tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida joylashgan avtomobillarga propan gaz to‘ldirish shoxobchasi hududida o‘rnatilgan propan saqlash sig‘imi va propan gaz tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobilda chaqnash ro‘y berganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari aytilgan manzilga yetib borishgan. Hozirda qutqaruvchilar yong‘inni bartaraf etishmoqda. Vaziyat nazoratga olingan.
Dastlabki, ma’lumotlarga ko‘ra uch nafar fuqaro tan jarohati olib, tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan, deyiladi FVV xabarida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter