Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlar kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirmoqda – O‘zLiDeP

Tadbirkorlar kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirmoqda – O‘zLiDeP

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida tadbirkorlarni raqamli tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi o‘tkazildi. Loyihaning asosiy maqsadi tadbirkorlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Loyiha davomida mutaxassislar fishing, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, soxta ovoz va videolar orqali amalga oshirilayotgan firibgarliklar haqida tushunchalar berib, bunday xavflarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Qatnashchilar axborotlarni ishonchli himoya qilish, raqamli madaniyatni yuksaltirish va zamonaviy texnologiyalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha fikr almashdilar. Bu kabi uchrashuvlar tadbirkorlarning raqamli savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, loyihada davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish, kiberxavfsizlik bo‘yicha doimiy o‘quvlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida bir guruh tadbirkorlar O‘zLiDeP a’zoligiga qabul qilindi.

Bugun raqamli iqtisodiyot sharoitida biznesni rivojlantirish uchun nafaqat yangi texnologiyalardan foydalanish, balki ulardan xavfsiz foydalanish ham muhimdir. Kiberxavfsizlik madaniyatini yuksaltirish tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish va raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Raqamli tahlil

  • 2025 yilda 107,9 milliondan ortiq kibertahdid Yagona kiberxavfsizlik uzeli orqali aniqlanib, bartaraf etildi. 
  • Davlat tashkilotlarining 90 ta veb-resursiga nisbatan 67 milliondan ortiq kiberhujum amalga oshirildi. Bu 2024 yilga nisbatan 430 foizga ko‘p. Barcha hujumlar avtomatik tarzda bloklangan. 
  • Kibertahdidlarni erta aniqlash tizimi orqali 2 milliondan ortiq (2 002 904 ta) kibertahdid qayd etilgan bo‘lib, ularning 30 foizi kritik darajada baholangan.
  • 2025 yilda 194 ta axborot tizimi kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkazildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 59 foizga o‘sish demakdir.
  • Ekspertiza davomida 1515 ta kiberxavfsizlik zaifligi aniqlandi. Ular orasida eng ko‘p uchraganlari avtorizatsiyaning yo‘qligi, sessiyalarning noto‘g‘ri boshqarilishi va ma’lumotlarning himoyasiz uzatilishi hisoblanadi.
  • Qo‘shimcha tekshiruvlar natijasida 23 milliondan ortiq fuqaroga oid shaxsiy ma’lumotlarning sizib chiqishi oldi olindi.
  • 20 mingdan ortiq videokuzatuv kameralaridan noqonuniy foydalanish holatlari bartaraf etildi.
  • Davlat organlarining 186 ta rasmiy veb-resursi ekspertizadan o‘tkazildi. Natijada veb-saytlardagi zaifliklar soni 43 foizga kamaydi.
  • Milliy internet segmenti monitoringi davomida 346 ta veb-saytda 441 ta zaiflik aniqlandi. Shuningdek, 37 ta tashkilotga tegishli 21 million satr ma’lumotlar bazasi va 1697 nafar foydalanuvchining login-paroli Darknetga chiqib ketgani aniqlanib, zudlik bilan choralar ko‘rildi.
  • 40 ta mobil ilova kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkazildi. Bu 2024 yilga nisbatan 122 foizlik o‘sish hisoblanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring