Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amorim «Manchester Yunayted»dan o‘z ixtiyori bilan ketmasligini aytdi

Amorim «Manchester Yunayted»dan o‘z ixtiyori bilan ketmasligini aytdi

Foto: Global Look Press

«Manchester Yunayted» bosh murabbiysi Ruben Amorim Sky Sports nashriga bergan intervyusida o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqmasligini bildirdi.

Faqat rahbariyat bu qarorni qabul qilishi mumkin.

«Direktorlar kengashi hal qiladi. Bu mening ixtiyorimda emas. Ba’zida shunday hisni tuyaman, mag‘lubiyatlar og‘ir botadi. Qo‘lingdan kelgan hamma ishni qilmaganingni bilib turib klubdan ketish juda og‘ir», dedi Amorim.

Ruben Amorim «Manchester Yunayted»ni 2024-yil 1-noyabridan buyon boshqarmoqda. Klub bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha tuzilgan. Bungacha Portugaliyaning «Braga» va «Sporting» klublarini boshqargan.

Hozir «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 6 o‘yindan so‘ng 7 ochko to‘plab, 14-pog‘onani egallab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring